Blog

2012-yil 23-sentyabrda «O‘zavtosanoat» AJ va Janubiy Koreyaning Cepla korxonalari tashabbusi bilan «UzAuto Cepla» MCHJ QK tashkil etildi

2012-yil 23-sentyabrda «O‘zavtosanoat» AJ va Janubiy Koreyaning Cepla korxonalari tashabbusi bilan «UzAuto Cepla» MCHJ QK tashkil etildi. Joriy yilda «UzAuto Cepla» MCHJ QK tashkil etilganiga 10 yil to‘ladi.

Qisqa muddatga qaramay, «UzAuto Cepla» MCHJ QK ko‘plab yutuqlarga erishdi.
 
Jumladan:
  • 100 dan ortiq polimer kompozitsiyalar yaratilgan (avtomobilsozlik, maishiy texnika, harbiy texnika, xalq xo‘jaligi va boshqalar uchun).
  • General Motors kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi muhandislari 25 dan ortiq polipropilen birikmalarini tasdiqladi.
  • Qiymati 1 million dollardan ortiq bo‘lgan polimer kompaundlar eksport qilindi.
  • 30 ming tonnadan ortiq polimer kompaundlari ishlab chiqarildi.
  • Yuqoridagi natijalarga erishishda va «UzAuto Cepla» MCHJ QK tashkil etilganining 10 yilligi munosabati bilan o‘z hissasini qo‘shgan xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Korxona rahbariyati bo‘lajak hamkor korxonalarga va korxona rivojiga hissa qo‘shgan xodimlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
novost1.jpg
novost2.jpg
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan