2026-yil 15–19-iyun kunlari Cepla kompaniyasining xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha prezidenti Jung Seungho UzAutoCepla korxonasiga xizmat tashrifi bilan keldi.
Tashrif davomida UzAutoCepla bosh direktori Abdurahim Patahovich Musayev hamda korxona rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda korxonaning joriy faoliyati natijalari va istiqboldagi strategik rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida mahsulot sifatini yanada oshirish, xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or ishlab chiqarish amaliyotlarini joriy etish hamda kompaniyaning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korxonaning eksport salohiyatini mustahkamlash va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash, mijozlar talablarini o‘z vaqtida bajarish hamda mahsulot yetkazib berish samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
