Blog

Cepla va UzAutoCepla V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi Oʻzbekiston–Koreya biznes forumida ishtirok etdi

Cepla va UzAutoCepla V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi Oʻzbekiston–Koreya biznes forumida ishtirok etdi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat hamkorligini yanada rivojlantirishga bagʻishlangan Oʻzbekiston–Koreya biznes forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda Koreya Respublikasining yetakchi davlat tashkilotlari hamda yirik kompaniyalari, jumladan Lotte, Daewoo E&C, Hyundai Rotem, Korea Overseas Infrastructure & Urban Development Corporation (KIND), Incheon International Airport Corporation, KOTRA, Korea Eximbank, Youngone Corporation, Bomi Engineering & Construction, ZYX Technology vakillari qatnashdi.

Cepla Korea va UzAutoCepla ham forum ishtirokchilari safidan joy oldi. Tadbirda UzAutoCepla kompaniyasini Bosh direktor Abdurahim Patahovich Musayev, Cepla Korea kompaniyasini esa xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha prezident Jung Seungho vakillik qildi.

Forumdagi ishtirok Cepla Korea va UzAutoCepla kompaniyalarining Oʻzbekiston hamda Koreya Respublikasi oʻrtasidagi sanoat hamkorligini mustahkamlash, investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasidagi qatʼiy intilishini yana bir bor tasdiqladi.
forum-rasm.jpg
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan