Yangiliklar

Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish

2026-yil 4-sentabr kuni «UzAuto Cepla» MChJ XK Bosh direktori A.P. Musayevning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlarini ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarga yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini bevosita ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

Mazkur uchrashuvda sanoatning real ehtiyojlarini inobatga olgan holda malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim va sanoat doktoranturasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ishlarning davomi sifatida, 2026-yil 11-sentabr kuni «UzAuto Cepla» MChJ XK vakillari va Toshkent kimyo-texnologiya universiteti rektori B.Sh. Usmonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda korxona va universitet o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, sanoat ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash, dual ta’limni tashkil etish, shuningdek, aniq ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qaratilgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar «ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish» tamoyili asosida hamkorlikni yanada rivojlantirish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

img_4813.jpg
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan