UzAuto Cepla 21–23-oktabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan Automechanika Tashkent 2026 xalqaro ko‘rgazmasida polimer xomashyosi bo‘yicha yechimlarini taqdim etdi.
Ko‘rgazma doirasida kompaniya vakillari avtomobil ehtiyot qismlari va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilari bilan xomashyo yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qildi. Shuningdek, OEM kompaniyalari vakillari va avtomobil sanoatining boshqa ishtirokchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqotlarda ishlab chiqaruvchilarning materiallarga qo‘yadigan talablari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘rgazma kompaniyaga potensial xaridorlar bilan bevosita muloqot qilish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.

