Blog

UzAuto Cepla CHINAPLAST 2026 ko‘rgazmasida: yangi texnologiyalar, xalqaro hamkorliklar va rivojlanish istiqbollari

«UzAuto Cepla» XK MCHJ mutaxassislari polimer sanoati yutuqlarini namoyish etish uchun dunyodagi eng yirik platformalardan biri bo‘lgan CHINAPLAST 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida kompaniya vakillari xomashyo, materiallar va uskunalar ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, shuningdek, sohani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarini o‘rgandi. Avtomobilsozlik sanoati uchun innovatsion yechimlar, muhandislik plastiklarining yangi turlari va materiallarning ekspluatatsion xususiyatlarini oshirish texnologiyalariga alohida e’tibor qaratildi.

Olingan bilimlar va o‘rnatilgan ishbilarmonlik aloqalari kompaniyaga yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
4-1.jpg
1v.jpg
2v.jpg
3v.jpg
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan