Blog

UzAuto Cepla maishiy texnika sohasida o‘z ishtirokini kengaytirmoqda va sotuvlar o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Kompaniya sanoatning turli tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlikni faol rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar doirasida maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarning talablari o‘rganilib, mijozlar ehtiyojlariga moslashtirilgan materiallar ishlab chiqildi.  Maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Premier Electrotech" MCHJ QK bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. UzAuto Cepla tomonidan ishlab chiqarilgan polimer materiallar kir yuvish mashinalarining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishda foydalanish uchun ma’qullandi, bu esa ularning yuqori sifati, ishonchliligi va zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob berishini tasdiqladi.

O‘tkazilgan sinovlar mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqladi, bu esa yangi hamkorlar bilan hamkorlikni boshlash imkonini berdi.

Ushbu loyiha korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari moslashuvchanligi va mijozlarning individual talablariga mos yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi. Maishiy texnika segmentidagi ishtirokini kengaytirish biznesni diversifikatsiya qilish va kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
karta1.jpg
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan