UzAuto Cepla zamonaviy texnologiyalar va yuqori sifat standartlari tufayli polimerlar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda, General Motors kompaniyasining avtomobil sanoati yetkazib beruvchilarining sifat sohasidagi xorijiy eksperti tashrif buyurdi
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida «UzAuto Cepla» XK MCHJga avtomobil sanoati yetkazib beruvchilarining sifati bo‘yicha xorijiy ekspert tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, sifat menejmenti tizimi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar taqdim etildi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, mahsulot sifatini nazorat qilish va ishlab chiqarishni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida korxona faoliyatiga ijobiy baho berilib, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar tajriba almashish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va kompaniya mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.