UzAutoCepla uchun eng katta boylik — bu uning xodimlaridir. Shu sababli kompaniyamiz nafaqat zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini doimiy takomillashtirishga, balki hamkorlik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan korporativ madaniyatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratadi.
Korporativ madaniyatni rivojlantirish dasturi doirasida UzAutoCepla xodimlari uchun Arzachor tog‘ majmuasida Team Building tadbirini tashkil etdi. Ushbu tadbir xodimlarga kundalik ish jarayonidan biroz chetlashish, tabiat qo‘ynida maroqli dam olish, norasmiy muhitda hamkasblar bilan yaqindan muloqot qilish hamda jamoaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini berdi.
Bunday tashabbuslar UzAutoCepla korporativ qadriyatlarining ajralmas qismidir. Biz barqaror muvaffaqiyat kuchli va ahil jamoa bilan boshlanishiga ishonamiz. Har bir xodim o‘zini qadrlangan, qo‘llab-quvvatlangan va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarga ega deb his qiladigan muhitni yaratish bizning ustuvor maqsadlarimizdan biridir.


