Blog

UzAutoCepla va Cepla Korea FIFA World Cup 2026™ oldidan Oʻzbekiston hamda Koreya Respublikasi milliy terma jamoalariga omad tiladi

«UzAutoCepla» MChJ XK va Cepla Korea Oʻzbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik tarixidagi yana bir muhim sahifani birgalikda nishonlamoqda.

Cepla kompaniyasi asoschisi janob Chae Chang Won Koreyada faoliyat yuritayotgan oʻzbek va koreyalik xodimlar bilan birgalikda «UzAutoCepla» MChJ XK jamoasini Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining tarixiy yutugʻi — mamlakat tarixida ilk bor FIFA World Cup 2026™ musobaqasiga yoʻllanma olgani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Oʻz navbatida, «UzAutoCepla» MChJ XK jamoasi Bosh direktor A. Musayev rahbarligida Cepla jamoasini Koreya Respublikasi milliy futbol terma jamoasining yutuqlari bilan samimiy tabriklab, jamoaga FIFA World Cup 2026™ musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok va omad tiladi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat sanoat va ishlab chiqarish sohalarida, balki sportda ham oʻzining yorqin ifodasini topmoqda. Ushbu yutuqlar xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, ishonch va koʻp yillik doʻstlikka asoslangan mustahkam sheriklikning yorqin timsolidir.

Yangi gʻalabalar va yutuqlar bundan buyon ham Oʻzbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlab, yangi muvaffaqiyatlar va oʻzaro taraqqiyot uchun ilhom manbai boʻlsin.

a1.jpg
Image
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 61

©2012-2025
Sayt Piksel Production da ishlab chiqilgan